"Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvining asosiy vaqtida va qo'shimcha bo'limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa "Navbahor" 3:1 hisobida g'alaba qozondi va final yo'llanmasiga ega chiqdi.
SHu tariqa, "Navbahor" 24 yillik tanaffusdan so'ng yana O'zbekiston kubogi finaliga yo'l oldi. Oxirgi marta "Navbahor" 1998 yil kubok finalida maydonga tushib, "Neftchi"ni dog'da qoldirgan va O'zbekiston kubogi sohibiga aylangandi.
Eslatib o'tamiz, Coca Cola O'zbekiston kubogi final uchrashuvi 30 oktyabr kuni Buxoroda o'tkaziladi. Unda "Navbahor" va "Nasaf" o'zaro to'qnash keladi.
Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!
Thailand Open. Boks bo'yicha erkaklar terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi