"Bavariya" futbolchilari bosh murabbiy Yulian Nagelsmanndan norozi.
Futbolchilarning 35 yoshli mutaxassis ustidan uchta asosiy shikoyati bor, deb xabar berdi "Sport Bild".
Birinchidan, o'yin davomida muvaffaqiyatli qarorlarning yo'qligi. o'yinchilarning fikricha, Nagelsmann o'yin davomida vaziyatni o'nglash qobiliyatiga ega emas. Bu futbolchilarga "Bavariya" yakunda g'alabani boy bergan "Borussiya" Dortmund bilan o'yindan (2:2) so'ng ayon bo'ldi.
Ikkinchidan, o'yinchilar murabbiy o'yin davomida qilayotgan o'zgarishlardan va tarkib noto'g'ri tanlayotganidan charchashgan. Masalan, Nagelsmann Jamol Musiala CHempionlar Ligasi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin (2:0)ni asosiy tarkibda boshlashini vada qilgandi, ammo yarim himoyachi o'yinni zaxira o'rindig'idan boshladi.
Uchinchidan, futbolchilar Nagelsmanning xatti-harakatlaridan norozi. Murabbiyning o'yinlar vaqtida o'zini impulsiv tutib, ularni "bir kishilik teatr"ga aylantirishi yoqmayapti.
SHu bilan birga, futbolchilar Yulian ayrim jihatlarda rivojlanib boryotganini aytishmoqda. U o'yinchilar bilan tez-tez individual suhbat qilmoqda va ularni omma oldida himoya qilyapti.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi