SportUz.Net

Xabaringiz bormi? Ravshan Ermatov AQSHDa JCHdagi yordamchilari bilan "Mustaqillik Kubogi" finalida hakamlik qildi + FOTO

26.09.2022 10:50    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Nyu-York shahrida futbol bo'yicha Amerikada istiqomat qilib kelayotgan hamyurtlarimiz ishtirokida "Mustaqillik kubogi" turniri o'tkazildi.

Ikki kun davomida 10 ta shtatdan jami 12 ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib bordi. Guruh bosqichi hamda 1/4 finalni muvaffaqiyatli o'tkazgan "Uz Galaxy" (Kaliforniya shtati), "Vodiy Hamkor" (Ogayo shtati), "Lokomotiv" (Nyu-York shtati) hamda UZB FC (Nyu-Jersi shtati) jamoalari yarim finalga etib kelishdi. 

Hal qiluvchi final uchrashuvida Nyu-Jersi shtatining UZB FC jamoasi Kaliforniya shtatining "Uz Galaxy" klubini 2:1 hisobida engib, "Mustaqillik Kubogi" sohibiga aylandi. Bu jamoa ushbu kubokni ikkinchi bor qo'lga kiritdi. "Lokomotiv"dan 1:0 hisobida ustun kelgan Vodiy Hamkor jamoasi bronza medalga ega chiqdi. 

Etiborga molik jihati, final bahsini Jahon chempionatlari final bosqichida eng ko'p o'yinda hakamlik qilgan, ayni paytda O'FA birinchi vice-prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan Ravshan Ermatov boshqardi.  

Yarim final o'yinlarida Jahongir Qosimov va Abduhamidullo Rasulov hakamlik qilishdi. "Vodiy Hamkor" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi 3-o'rin uchun kechgan uchrashuvni esa Ravshan Ermatovning jahon chempionatlaridagi qanot hakami qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorov boshqarib bordi.   


1/4 final natijalari

Uzbek Chicago - Uz Galaxy 0:1

Lokomotiv - Toshkent 1:0

Marokanda - Vodiy Hamkor 4:5

UZB FC - Semurg 3:2


1/2 final natijalari

Uz Galaxy - Vodiy Hamkor 1:0

Lokomotiv - UZB FC 2:4


3-o'rin uchun bahs

Vodiy Hamkor - Lokomotiv 0:1


FINAL

Uz Galaxy - UZB FC 1:2

O'z tarixida oltinchi bor o'tkazilgan "Mustaqillik kubogi" turniri O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasi, Nyu-York shahridagi bosh Konsulligi hamda Mahalla USA hamkorligida tashkil etildi. SHu kunlari AQSHda o'zbek kunlari ham nishonlandi. SHu sababdan futbol turnirini taniqli MMA aralash yakkakurash ustamiz Nursulton Ro'ziboev, xonandalardan O'lmas Olloberganov, Adham Soliev mehmon sifatida kuzatib borishdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: