SportUz.Net

“Liverpul” va “Manchester Yunayted” afsonalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi + FOTO

25.09.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

“Enfild” stadionida turli yillarda “Liverpul” hamda "Manchester Yunayted" klublarida o'ynagan futbolchilar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Unda mersisaydliklar Mark Gonsales, Floran Sinama-Pongolning gollari evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi. “Qizil iblislar” safida Dimitar Berbatov raqib darvozasini ishg'ol etdi.

O'yin davomizda zaxiradan Robbi Kin, Roy Kin, Luis Garsiya va Erik Jemba-Jemba kabi futbolchilar ham maydonga tushishdi.

"Liverpul" – “Manchester Yunayted” 2:1

“Enfild” stadioni

Gollar:  Mark Gonsales 47, Floran Sinama-Pongol – Dimitar Berbatov 7

"Liverpul": Dudek, Kvarme, Ansho, SHkrtel, Vinyal, Sissoko, Dauning, Alonso, Rodriges, Le Tallek, Voronin.

"Manchester Yunayted": Van Der Gouv, Valensiya, Stam, Yonsen, Kerrik, Fletcher, Gibson, Poborski, Kempbell, Pyu, Berbatov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: