SportUz.Net
photo photo

Superliga. Bugun "Turon" Qarshida mehmon, "Lokomotiv" esa "Qizilqum"ga qarshi

03.04.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Bugun Coca Cola Superliganing 4-turidan o'rin olgan so'nggi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Soat 16:15da "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi start oladi. Qarshidagi "Nasaf" - "Turon" bahsi esa soat 18:30ga belgilangan. 

Coca Cola Superliga, 4-tur

LOKOMOTIV – QIZILQUM
3 aprel 2021 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:15
Hakamlar:
Elyor Tursunov, SHohruh Azamov, Aleksandr Burov, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistentlari: Ruslan Serazitdinov, Rustam Lutfullin
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev
Operator: SHerali Janaliev
Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Hozirga qadar "Lokomotiv" va "Qizilqum" O'zbekiston chempionatida jami 32 marta to'qnash kelishgan. 18 bor "temiryo'lchilar", 7 bor "oltin izlovchilar" 3 ochkoni qo'lga kiritishgan. Qolgan etti uchrashuvda durang kuzatilgan.

"Lokomotiv" bu jamoaga qarshi kechgan oxirgi 14ta o'yinning (uyda va safarda) hech birida mag'lub bo'lmagan - 11ta g'alaba va 3ta durang. So'nggi bor "Qizilqum" 2013 yilgi mavsumda bu raqibni mag'lub etgan ekan.

Toshkentdagi o'yinlarga etibor qilsak, 16ta o'zaro o'yinda "Qizilqum" ikki marta (2012 va 2005 yillarda) g'olib bo'lgan xolos. O'tgan yil Toshkentda mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchishgan va Navoiyda 1:1 hisobi qayd etilgan.


NASAF – TURON
3 aprel 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:30
Hakamlar
: Vadim Agishev, Bektursin Kannazarov, Jalg'asbay Sarsenov, SHuxrat Rajabov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: SHerzod Rajabov.

Bu jamoalar o'rtasidagi dastlabki rasmiy o'yin. Ikkala jamoa ham bu mavsumda hali g'alaba qozongani yo'q. Dastlabki 3ta turda "Turon" 1ta durang va 2ta mag'lubiyat qayd etdi. "Nasaf" esa 2ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: