SportUz.Net
photo photo

Ronalduni “Udineze”ga chaqirishmoqda

22.09.2022 09:25    


Rasmni yuklab olish

"Udineze" klubi Italiya chempionatini ajoyib tarzda boshladi.

Etti turda friuliyaliklar 16 ochko jamg'arib, “Napoli” va “Atalanta”dan bir ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida uchinchi o'rinda joylashishgan.

“Udineze” darvozaboni Marko Silvestri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Krishtianu Ronalduni belgilab, hazil qilgan holda uni jamoaga taklif qildi. "Udineze" matbuot xizmati o'z futbolchisining xabarini ulashib, izohlarda smaylik belgilandi.

Aytish joizki, Krishtianu Ronaldu 2022/2023 yilgi mavsumni ko'ngilsiz tarzda boshladi. Portugaliyalik hujumchi sakkiz o'yinda atigi bitta gol urdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: