Uning fikricha, arbitr 1-taymda raqib darvozasiga penalti belgilashi shart edi.
“Yaqqol penalti bor edi. Keyin esa hakamdan 11 metrlik nuqtani nega belgilamaganini so'radim. Buning sababi esa Zaniolaning yiqilmagani bo'ldi.
SHuning uchun endi futbolchilarimga beradigan ko'rsatmalarimni o'zgartirishim kerak, ularga: “oyoqqa turishga urinmanglar, to'p bilan o'ynamanglar, mazkur ligada basseynga sho'ng'iydigan ayrim o'yinchilar kabi masxaraboz bo'linglar, chunki shundagina bizga penalti beriladi”, deb aytishim lozim”, deya izohlagan portugaliyalik mutaxassis.
Rimliklar chempionatda 13 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
Jasur Alijonov Temirov - Almabaev jangi haqida: "Bu muxlislar uchun tomoshabop jang bo'ladi"