23 yoshli forvard termaning fotosessiyasida ishtirok etishdan bosh tortgan. U o'zining imij huquqlari borasida federaciya bilan kelishmovchilikka borganligi aytilmoqda. Mbappe shu yilning mart oyida o'z davo bilan chiqqandi. O'shandan buyon tomonlar murosaga kelishganicha yo'q.
Mbappe o'zi bilan hamkorlik qilmayotgan tashkilotlarning reklamasida ismi chiqmasligini istamoqda. Federaciya hamkorlik qilayotgan ayrim brendlar unga maqul kelmasligini aytgan. Masalan, Coca-Cola kompaniyasi. Bunga sabab sifatida ushbu ichimlik orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib qilib bo'lmasligini keltirgan.
Fotosessiyaga esa Coca-Cola kompaniyasidan tashqari Uber Eats, KFC kabi kompaniyalar ham reklamasini joylaydi.