SportUz.Net
photo photo

Tezkor xabar! FIFA markazlashgan tartibdagi JCH saralash o'yinlarini bekor qiladi

01.04.2021 11:50    


Rasmni yuklab olish

Osiyo jamoalari jahon chempionati saralash bosqichining keyingi uchrashuvlarini markazlashgan tartibda o'tkazishi belgilab qo'yilgandi.

Lekin bu usul ko'p terma jamoalarlarga maqul kelmadi va bazi jamoalar FIFAga buni bekor qilish taklifi bilan chiqdi. Masalan, "C" guruhi ishtirokchisi Eron qolgan 4ta o'yindan uchtasini o'z maydonida o'tkazishi lozim edi, biroq markazlashgan musobaqa sabab endilikda Bahraynga borishga majbur. Eronliklar uyda asosiy raqiblari Bahrayn, Gonkong va Iroq bilan o'ynashlari kerak edi. 

SHuningdek, "G" guruhida SHarqiy Osiyo davlatlari - Vetnam, Malayziya, Tailand va Indoneziyaning BAAga borishiga to'g'ri keladi. Negaki OFK qolgan o'yinlarni BAAda o'tkazishni lozim topgan. Bu ham jamoalarning noroziligiga sabab bo'ldi. Saralashda ishtirok etayotgan bir nechta davlatlarning yozma arizasi tufayli FIFA markazlashgan musobaqani beqor qilish haqida bir to'xtamga keldi. 

Buyog'iga katta ehtimol bilan o'yinlar yana uy-mehmon tarzida davom ettiriladi. Faqat buning uchun yangi sanalar elon qilinishi kutilmoqda. Agar shunday bo'lsa, O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Singapurni qabul qilib, mehmonda Yaman va Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: