"Manchester Yunayted" mavsumni ikkita mag'lubiyat bilan boshladi – o'z maydonida "Brayton" bilan 1:2, safarda "Brentford" bilan 0:4 hisobi qayd etildi. "Liverpul" esa ketma-ket ikkita durangni rasmiylashtirdi – safarda "Fulxem" bilan 2:2, o'z uyida "Kristal Pelas" bilan 1:1.
Musobaqa onlayn jadvalida mezbonlar o'n to'qqizinchi, mehmonlar o'n beshinchi o'rinda turishibdi.
"Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiyi vaqt va sabr-toqat talab qiladigan qayta qurishni boshladi
Erik ten Xagning tayinlanishi o'tgan mavsumda elon qilingan edi. Ralf Rangnik boshidanoq yozgacha murabbiy bo'lishi aytilgandi. Hammaga ten Xag uzoq vaqtga mo'ljallab olib kelinishi, yani o'yin tizimini quradigan, jamoani rivojlantirish yo'lidan boradigan murabbiyi sifatida keltirilgan.
Har qanday global qayta qurish vaqt talab etadi, ayniqsa, malum bir tizim haqida gap ketganda. Hozirgi o'yinchilarning aksariyati Ole-Gunnar Sulsherning konspektlariga ko'ra, raqiblarga qarshi o'yinlarda ikkinchi raqam ostida o'ynab kelishdi va asosan Brunu Fernandeshga bog'liq bo'lib qolishgandi.
Biroq ikki marta liganing o'rtamiyona jamoalaridan mag'lubiyatga uchrash hech kimning xayoliga kelmagan bo'lsa kerak. Hatto niderlandiyalik murabbiy ishdan bo'shatilib, o'rniga Maurisio Pochettinoni olib kelish ishlari boshlangani haqida mish-mishlar urchiy boshlagani hayratlanarli.
Hali optimal boshlang'ich tarkib yo'q, o'yinchilar rotaciya qilinib, turli poziciyalarda sinab ko'rilmoqda
Dastlabki ikki turda Erik ten Xag rotaciyaga qo'l urdi va futbolchilar uchun eng yaxshi poziciyalarni aniqlashga, o'yin kombinaciyalarini yo'lga qo'yishga urinib ko'rdi. Eksperimentning eng yaxshi namunasi yangi kelgan Kristian Eriksen bo'lib, u "Brayton"ga qarshi bahsni "to'qqizlik orti"da boshladi va "Brentford"ga qarshi uchrashuvda esa tayanch vakili sifatida maydonga tushdi. Ushbu poziciyalarning hech biri uning uchun maqbul emas. Krishtianu Ronaldu birinchi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo'lsa, ikkinchisida asosiyda ko'rinish berdi. Faqat himoya o'zgarishsiz qoldi. De Xea xato qilmoqda, ammo endi unga teng keladigan o'rinbosar yo'q – Din Henderson “Nottingem Forest”ga ketdi.
Mankunianlar maydon markazi qay ahvolda?
Maydon markazi va "Manchester Yunayted" tayanch yarim himoyasi – dastlabki turlarda eng ko'p rotaciyaga uchragan nuqta. Ten Xagning "Ayaks"ida asosiy rolni ijro etgan de Yong sotib olinmadi, katta pulga top-futbolchi Kazemiro xarid qilindi, ammo u "Liverpul" bilan o'yinga tayyor bo'lishi dargumonligi bot-bot aytildi. Bugun mezbonlar maydon markazi yana zaif ko'rinish oladi. Eriksen profilli tayanch yarim himoyachisi emas, Skott Maktomineyning pas bilan o'ynashi qo'rquvni uyg'otadi, Fredga esa gabarit va tajriba katta emasligi pand beradi. Ko'pgina manbalar Fred tayanchda asosiy rolni o'ynashini malum qilishyapti. Xato qilishga moyil Maktomineyni bunday kuchli raqibga qarshi o'ynatish xavfli va Eriksenning fazilatlari hujumkor poziciyada qo'l kelishi mumkin.
"Liverpul" yangi mavsumni ikkita durang bilan boshladi, ikkisida ham mag'lubiyatdan qutulib qolindi
“Liverpul” o'tgan mavsum oxirida Premer-ligada chempion bo'lish va CHempionlar Ligasi g'olibi unvoni uchun kurashdi. Endilikda “qizillar” ligaga yangi qo'shilgan va ochig'ini aytganda, o'rtamiyona jamoani mag'lub eta olmayapti. Klopp jamoasining himoyasi noodatiy darajada zaif, Trent Aleksander-Arnold va Endi Robertson eng yaxshi formada emas (shotlandiyalik futbolchi ikkinchi turda juda erta almashtirildi), hatto Virjil van Deyk ham ko'p adashmoqda. Yarim himoya yangilanishga muhtoj va Tiago Alkantara yo'qotilganidan qiynalmoqda, hujum uchligi esa Sadio Manesiz to'p tepishga o'rganib bormoqda. Mavsum boshida “Liverpul” har qachongidan ham kuchsizroqdek ko'rinyapti, ammo o'zining muammoalir etarli bo'lgan “Manchester Yunayted” bundan foydalanib qola oladimi?
Nunes, Jota, Matip va Konate o'ynamaydi, Firmino tarkibga qaytadi
Yurgen Klopp shogirdlari "Kristal Pelas"ga qarshi oldingi o'yinga g'ayritabiiy yo'qotishlar bilan yaqinlashgan edi. Matip, Konate, Firmino, Jota, Tiago Alkantara, Kyortis Jons, Oksleyd-CHemberlen va Kellexer mavjud emasdi. Bu ro'yxatdan faqat Firmino uchinchi turdagi bahsga qaytadi. "Manchester Yunayted" bilan o'yinda Darvin Nunes yuz foiz bo'lmaydi. Urugvaylik futbolchi birinchi davrada gol urib, assistentlik qilgan bo'lsa, ikkinchisida asablari taranglashdi. Uchrashuv davomida hujumchining ishlari yurishmadi va etmaganiga bunga markaziy himoyachi Andersenning provokaciyasi ham qo'shildi. Natijada barchasi bunga Andersenning raqiblari markaziy himoyachisining provokaciyalari ham qo'shildi. Natijada vaziyat chetlatishga va 3 ta o'yinga diskvalifikaciyaga uchrashgacha etib bordi.
Oxirgi 2 o'zaro o'yin "Liverpul"ning yirik g'alabalari bilan yakun topgan, biroq hozir Klopp oson safar kutmayotganini biladi
"Liverpul" o'tgan mavsum "Manchester Yunayted"ni ikkita o'yinda ham tor-mor keltirdi – 5:0 va 4:0. Ammo bu gal Yurgen Kloppni shu kabi tendenciyalar kutmasligi mumkin.
"O'tgan yili ularni ikki marta shunday hisobda mag'lub etganimizda, bu boshqa takrorlanmasligini allaqachon bilardim. Bu butunlay boshqa vaziyat. O'tgan yili urilgan gollar ushbu mavsumda bizga yordam bermaydi. SHu bilan birga, hozir o'sha natijani butunlay unuta olmayman. Menimcha, bu MYUni ko'proq ruhlantiradi", – dedi Klopp.
O'zaro o'yinlar statistikasi
O'zaro to'qnashuvlar: 209 ta
MYU g'alabasi: 81 ta
"Liverpul" yutug'i: 70 ta
Durang: 58 ta
APL. 3-tur
22 avgust. 23:59
"Manchester Yunayted" – "Liverpul"
Manchester. "Old Trafford" stadioni
Bosh hakam: Maykl Oliver
Qanot hakamlari: Styuart Bart, Stiv Bennett
Zaxira hakami: Jon Bruks
VAR hakami: Darren Ingland
AVAR hakami: Timoti Vud
Taxminiy tarkiblar
"Manchester Yunayted": De Xea – Dalot, Martines, Maguayr, SHou, Fernandesh, Fred, Eriksen, Sancho, Ronaldu, Reshford
"Liverpul": Alisson, Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson, Elliott, Fabino, Henderson, Saloh, Firmino, Dias
Demak, 23:59 da start oladigan ayovsiz to'qnashuvni o'tkazib yubormang. Yoqimli tomosha!
SHerzod Nurmatov
Bugun olti bokschimiz Osiyo chempionatida ringga ko'tariladi (ro'yxat+janglarning boshlanish vaqti)
Bogachukning promouteri Isroil Madrimovga yana bir yangi jang berilganiga munosabat bildirdi