SportUz.Net
photo photo

Keyn faoliyatida unga eng ko'p qiyinchilik tug'dirgan ikki himoyachini aytdi

20.08.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

“Tottenxem” etakchisi Xarri Keyn “CHelsi” va “Yuventus” sobiq azolari haqida gapirdi.

“Faoliyatim davomida duch kelgan eng qiyin futbolchilar orasiga bir qanchasini qo'shishim mumkin. Faoliyatim boshida bu Jon Terri edi. U juda aqlli himoyachi bo'lgan, engilmas va o'zini nazorat qila oladigan. U zarbalarimni qanday to'xtatishni bilardi, shu tufayli bu men uchun ajoyib saboq bo'lgan.

Yana bir shunday o'yinchilardan biri Kellini edi. Tabiiyki, Italiya TJ va “Yuventus”ga qarshi o'yinlarda unga to'qnash kelganman. U haqiqatan ham aqlli, kuchli hamda jismonan baquvvat bo'lgan”, deydi Keyn.

Jon Terri futbolchilik faoliyatining asosiy qismini “CHelsi”da o'tkazib, 715 o'yinda 67+29 natijaga erishgan. U 2018 yil “Aston Villa” safida butsasini mixga ildi. 

Jorjo Kellini esa 17 yillik faoliyatidan keyin o'tgan mavsum oxirida “Yuventus”dan ketib, “Los-Anjeles” bilan shartnoma imzoladi. U turinliklar libosida 559 uchrashuvda qatnashib, 36+25 ko'rsatkich qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: