SportUz.Net

Rasman: "Real Madrid" Kazemiro "Manchester Yunayted"ga o'tganini elon qildi

20.08.2022 08:50    


Rasmni yuklab olish

Klub o'z rasmiy sahifasida buni malum qildi.

"Real Madrid" klubi o'z futbolchisi Kazemironing "Manchester Yunayted"ga o'tganini malum qildi. "Real" o'z rasmiy saytida futbolchining barcha xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi va u klub afsonasi ekanligini qayd etdi. 

22 avgust kuni Kazemiro bilan xayrlashuv marosimi o'tkaziladi. Ushbu marosimda futbolchi bilan birgalikda klub prezidenti Florentino Peres qatnashadi. Xayrlashuv marosimidan so'ng Kazemiro OAV qarshisida savollarga javob beradi.

Malumot uchun, avvalroq 30 yoshli braziliyalik yarim himoyachining transfer summasi 60 mln funt-sterlingni tashkil etishi xabar qilingandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: