SportUz.Net
photo photo

Rasman: O'zbekiston OCHL 2024/25 yilgi mavsumi uchun "3+1" kvotani rasmiylashtirdi

17.08.2022 19:00    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda Alisher Nikimbaev o'z sahifasi orqali xabar bermoqda.

"G'arbiy zonada OFK klublari reytingi endi quyidagicha ko'rinish kasb etadi.

Asosiy yangilik – - O'zbekiston reytingda ikkinchi o'rinni kafolatlab, 2024/2025 yilgi mavsum uchun OCHLda "3+1" kvotasiga ega chiqdi.

"So'g'diyona" va "Nasaf" ushbu mavsumda boshqa ochko ololmasa ham, Eronning "Fulad" klubi asosiy vaqtdagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib, CHempionlar Ligasi g'olibiga aylangan taqdirda ham, O'zbekiston 45,057 ball, Eron esa 44,975 ballga ega bo'ladi", – deyiladi taniqli mutaxassis xabarda.

Eslatib o'tamiz, sal avval "So'g'diyona" OFK Kubogi Markaziy mintaqa finalida "Xo'jand" ustidan yirik g'alabani qo'lga kiritdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: