SportUz.Net
photo photo

Manchester Yunayted ushbu yozda Krishtianu Ronalduni qo'yib yuborishi mumkin

16.08.2022 19:25    


Rasmni yuklab olish

Manchester Yunayted yozda Krishtianu Ronalduni qo'yib yuborishi mumkin.

BBC xabariga ko'ra, klub portugaliyalik hujumchining yomon kayfiyati boshqa futbolchilarning ruhiy holatiga salbiy tasir ko'rsatayotgani uchun uni sotib yuborishi mumkin. Qayd etilishicha, Ronaldu jamoadoshlari bilan deyarli muloqot qilmayapti va ketish istagini yashirmayapti.

«Manchester Yunayted» 37 yoshli futbolchi ketmasa, jamoaning hozirgi muammolari hal bo'lmasligidan cho'chimoqda. SHuningdek, klubdagilar Ronalduning ketishi jamoaga ijobiy tasir ko'rsatishiga va natijalarning sezilarli yaxshilanishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeonening Ronaldu transferiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Malumot uchun, Ronaldu APLning joriy mavsumida 2 ta o'yin o'tkazib, birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: