FIFA jahon chempionati startini 21 noyabrdan 20 noyabrga ko'chirishga qaror qildi. Bu musobaqa mezboni Qatar TJning ochilish o'yinida maydonga tushishi uchun qilindi.
SHu tariqa, JCH-2022 taqvimidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da Qatar va Ekvador bahsi bilan boshlanadi.
"A" kvartetidan o'rin olgan Senegal – Niderlandiya uchrashuvi esa rejalashtirilganidek 21 noyabrda o'tadi, ammo o'yin endi 15:00 da emas, 21:00 da start oladi.
Yana ikki nafar hamyurtimiz AQSHning Global Fight League promousheni bilan shartnoma tuzdi