Portugaliyalik hujumchi "Rayo Valekano"ga qarshi o'rtoqlik bahsida (1:1) bir taym o'ynadi. Qizig'i shundaki, Ronaldu o'yin tugashidan oldin "Old Trafford"ni tark etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda turli malumotlar paydo bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" joriy mavsumda CHempionlar ligasida ishtirok etmaydi. SHu sababdan Krishtianu Ronaldu yoz oxirigacha boshqa jamoaga o'tishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Portugaliyalik forvardning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Bugun 7 nafar bokschimiz JCH finalida ringga ko'tariladi (jang vaqti + translyaciya)
JCH-2025. Aziza Zokirova terma jamoamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo'shib qo'ydi