SportUz.Net
photo photo

Andrey SHevchenko Iga Svyontekka minnatdorchilik bildirdi

28.07.2022 18:00    


Rasmni yuklab olish

Ukrainalik sobiq futbolchi, murabbiy Andrey SHevchenko jahonning birinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontekka minnatdorchilik bildirdi.

“Men Ukraina xalqiga ko'rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. SHuningdek, Iga Svyontek va Robert Levandovskiga Ukrainaga yordam berishda qatnashganliklari uchun alohida rahmat demoqchiman. U (Svyontek) juda yosh, bor-yo'g'i 21 yoshda, lekin juda ko'p ishlarni amalga oshirmoqda», - deya SHevchenkoning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sportskeeda.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Krakov shahrida (Polsha) xayriya uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda polshalik sobiq tennischi Agneshka Radvanska, ukrainalik tennischi Elina Svitolina, polshalik Iga Svyontek, ukrainalik sobiq tennischi Sergey Staxovskiy va Andrey SHevchenko ishtirok etishdi. Svyontek va Radvanska o'rtasidagi bahs 4:6 hisobida yakunlandi. Minora hakami esa ukrainalik tennischi Elina Svitolina bo'ldi. Ushbu tadbirdan tushgan barcha mablag' ukrainalik bolalarni qo'llab-quvvatlash uchun sarflanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: