SportUz.Net

O'zbekiston Ozarbayjonga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi

19.07.2022 15:50    


Rasmni yuklab olish

2023 yil Bahraynda bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo kubogining saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ertadan navbatdagi yig'inga kirishadi.

Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlarining Toshkentdagi mashg'ulotlari 24 iyulga qadar davom etadi.

SHundan keyin jamoa Ozarbayjon U-17 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Boku shahriga jo'nab ketadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi. O'yinlar 26 va 29 iyul kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

26 iyul

Ozarbayjon — O'zbekiston

29 iyul

Ozarbayjon — O'zbekiston



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: