SportUz.Net
photo photo

"Rux" "Manchester Siti"ga egalik qiluvchi kompaniya bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi

27.03.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Ukrainaning "Rux" klubi "Manchester Siti" klubiga egalik qiluvchi City Football Group kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

"City Football Group bilan texnik hamkorlik turli yo'nalishlarni qamrab olishi mumkin, jumladan sport texnologiyalari va professional va bolalar-o'smirlar darajasidagi mashg'ulot metodikasi, ingliz futbolini boshqarish tizimi ham aynan shunday.

"Rux" klubi uchun klub, akademiya ishini takomillashtirish va uni klub egalari hamda muxlislar erishmoqchi bo'lgan yuqori standartlarga olib chiqish uchun muhim imkoniyatlar ochilmoqda", - deb yoziladi "Rux" klubi rasmiy saytida.

Eslatib o'tamiz, 2013 yilda Mansur bin Zayd Al Nahyon va Xoldun Al Muborak tomonidan tashkil etilgan "City Football Group" kompaniyasi "Manchester Siti" (Angliya), "Jirona" (Ispaniya), "Melburn Siti" (Avstraliya), "Yokogama F.Marinos" (Yaponiya), "Montevideo Siti Torke" (Uruguvay), "Sichuan Jiuniu" (Xitoy), "Mumbay Siti" (Hindiston), "Lommel SK" (Belgiya), "Trua" (Franciya) kabi klublarning egasi hisoblanadi.

Malumot uchun, "Rux" safida o'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov faoliyat olib bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: