Xabaringiz bor, "E" guruhida g'olib chiqqan Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Markaziy mintaqa hududiy finalida Tojikistonning "Xo'jand" jamoasi bilan o'ynaydi va ushbu bahs 17 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Qura natijasiga ko'ra, "So'g'diyona" ushbu o'yinni mehmonda, aniqrog'i Tojikistonda o'tkazadi.
"Bo'rilar" ushbu bahsda g'alaba qozonishsa, keyingi bosqichda Gongkongning "Istern" jamoasiga qarshi mehmonda 6 yoki 7 sentyabrda bahs olib borishadi.
O'zbek jamoasi gongkongliklar to'sig'idan o'tgan taqdirda keyingi bosqichni o'z uyida o'tkazadi. Nihoyat, Ulug'bek Baqoev jamoasi finalga yo'llanma olsa, bahs O'zbekistonda bo'lib o'tadi.