Unga ko'ra, umumiy hisobda 3,5 milliard evro turnirlarga ajratiladi. Ularning 465 millioni Evropa ligasi, 235 millioni Konferenciyalar ligasi qatnashchilariga beriladi.
Eng katta pullarni odatdagidek CHempionlar ligasi ishtirokchilari olishadi. Umumiy hisobda - 2,032 milliard evro. Saralashning so'nggi pley-off bosqichi ishtirokchilari 5 milliondan, guruh bosqichi qatnashchilari esa 15,64 million evrodan pul oladilar. Guruh bosqichidagi har bir g'alaba uchun 2,8 million, durang uchun esa 930 ming evro beriladi.
SHuningdek:
1/8 ga chiqish: 9,6 million evro
1/4 ga chiqish: 10,6 million evro
1/2 ga chiqish: 12,5 million evro
Finalchi: 15,5 million evro
G'olib esa shu pullarga qo'shimcha ravishda yana 4,5 million evroga ega bo'ladi.
SHuningdek, UEFA superkubogi ishtirokchilariga 3,5 million evrodan beriladi. Ushbu bahs g'olibi esa qo'shimcha 1 million evroga ega bo'ladi.
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"