SportUz.Net
photo photo

Mane "Bavariya" haqida: "Qiziqish haqida eshitganimda o'zimni jamoada tasavvur qila boshladim"

22.06.2022 09:00    


Rasmni yuklab olish

Sadio Mane "Liverpul"dan "Bavariya"ga ko'chib o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Agent birinchi marta "Bavariya"dan qiziqish borligi haqida gapirganda juda xursand bo'ldim. O'zimni jamoada tasavvur qila boshladim. Bu men uchun ayni paytda mos klub. 

"Bavariya" doimo sovrin uchun kurashadigan, jahonning eng katta klublaridan biri. Bu erga kelish yaxshi g'oya va to'g'ri qaror edi. 

Agentim boshqa jamoalardan ham taklif borligini aytgandi. Ammo "Bavariya" meni o'z rejalariga kiritgani men uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. Boshqalardan ko'ra aynan shu loyihada o'zimni yaxshiroq ko'ra oldim. 

Har bir bolakay, har bir futbolchi CHempionlar ligasida g'alaba qozonishni orzu qiladi. Hozir men raqobat katta bo'lgan jamoadaman. Bundan tashqari, hali ECHL haqida gapirishga erta, biz hali birgalikda bitta o'yinda ham ishtirok etmaganmiz. Biroq, finalga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", - dedi senegallik futbolchi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: