Angliya klubi 60 million evro, shuningdek bonuslar sifatida 20 million evro to'lashga tayyor. "Barselona" esa 25 yoshli niderlandiyalik borasidagi ushbu taklifni jiddiy ko'rib chiqmoqda.
De Yong o'tgan mavsum kataloniyaliklar tarkibida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Xavbekning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.