SportUz.Net

SHomurodovning “Roma”dagi golsiz seriyasi yakunlandi

15.05.2022 09:50    


Rasmni yuklab olish

Italiya chempionati 37-turida “Roma” o'z maydonida “Veneciya” bilan durang (1:1) o'ynadi.

Eldor SHomurodov 60-daqiqada Jordan Veretuning o'rniga maydonga tushib, 76-daqiqada raqib darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qildi. 

SHu tariqa, Eldorning rimliklar safidagi 10 o'yinlik golsiz seriyasi o'z nihoyasiga etdi. U oxirgi marta 19 yanvar kuni Italiya kubogi doirasida “Lechche” (3:1) qarshi o'yinda to'p kiritgandi. SHuningdek, 26 yoshli hujumchi o'tgan yilning dekabridan beri ilk bor A Seriyada gol urdi. 2021 yil 22 dekabrda u “Sampdoriya” (1:1) darvozabonini ojiz qoldirgandi.

Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov 2021/22 yilgi mavsum Italiya chempionatida 27 bahsda qatnashib, 3+4 natija ko'rsatmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: