SportUz.Net
photo photo

MYU himoyachisi SHou Angliya terma jamoasiga qaytganidan baxtli

19.03.2021 14:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk SHou Angliya terma jamoasiga qaytishi haqida gapirdi.

"Men aqlbovar qilmas darajada baxtliman, terma jamoaga jalb etilish - katta g'urur. Meni anchadan beri chaqirishmagandi, ammo men doim terma jamoaga qaytishni xohlardim.

Endi bu yuz berdi, yigitlar bilan ishlash uchun sabrsizlik bilan yig'in boshlanishini kutmoqdaman", - deydi SHou.

25 yoshli SHou Angliya terma jamoasida 8ta o'yin o'tkazgan. U so'nggi bor terma jamoa libosida 2018 yilning sentyabr oyida maydonga tushgan.

Angliya martda San-Marino (25 mart), Albaniya (28 mart) va Polsha (31 mart) bilan o'ynaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: