SportUz.Net
photo photo

Xavi navbatdagi mag'lubiyat haqida nimalar dedi?

25.04.2022 09:50    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya chempionati 33-turida “Barselona” uyda “Rayo Valekano"ga 0:1 hisobida yutqazdi va o'yindan keyin mezbonlar ustozi Xavi mag'lubiyatga izoh berdi.

“Ko'prog'iga loyiq edik, ammo odatdagi xarakterimizni ko'rsata olmadik. Harakat qildik, lekin to'p darvozaga kirmadi. “Kadis”ga qarshi o'yindagi holatdagi juda o'xshash bahs bo'ldi. Bu esa real holat. Qiyin ahvoldamiz. Hali hamon CHempionlar ligasi hududidamiz, ammo hayotimizni qiyinlashtirdik. Og'ir uchrashuvlar kutmoqda. Birinchi golni o'tkazib yubordik va to'g'ri javob qayta olmadik. Bunday o'yinlarda, hisobda oldinga o'tib olsangiz, barcha nazorat sizning qo'lingizda bo'ladi”, deydi Xavi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar 63 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam “Real” bilan oradagi farq esa 15 ochkoni tashkil etmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: