SportUz.Net

"Real" va PSJ Maxrezga qiziqmoqda

23.04.2022 15:50    


Rasmni yuklab olish

"Real" va PSJ "Manchester Siti" hujumchisi Riyad Maxrezga qiziqmoqda.

31 yoshli jazoirlik futbolchi hali Angliya klubi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishmadi.

Qayd etish kerakki, agar hujumchi va "Manchester Siti" kelishuvga erisha olmasa, klub o'yinchini yozgi transfer oynasida sotishga urinishi mumkin.

Maxrez joriy mavsum "Siti" tarkibida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 8ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: