SportUz.Net
photo photo

Erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatiga jo'nab ketishdi

20.04.2022 12:25    


Rasmni yuklab olish

Bugun erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Osiyo chempionatida ishtirok etish maqsadida Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahriga jo'nab ketdi.

Olimjon Hikmatov murabbiyligidagi kurashchilarimiz Turkiyaning Istanbul shahri orqali musobaqa manziliga etib boradi. Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov ayni paytda AQSHda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Olimpiadadan keyin Abdurahmonov vaznini bir yo'la 86 kilogrammga ko'tarib, avvaliga O'zbekiston chempioni, keyin esa Turkiyadagi reyting turnirida bronza medalini qo'lga kiritgan edi. 

Murabbiylar Bekzodning Osiyo o'yinlariga qadar yangi vaznga moslashib olishi uchun qita chempionatiga boradigan tarkibga kiritishmadi. Ikki yillik tanaffusdan so'ng katta sportga qaytgan Hasanboy Rahimov avvalgi holatini tiklab olishi lozim. Aynan shu sabab bilan eng og'ir vaznli kurashchimiz ham Mo'g'ulistonga bormadi. 

Terma jamoamiz tarkibi:

-57 kg: G'ulomjon Abdullaev

-61 kg: Jahongirmirzo Turobov

-66 kg: Abbos Rahmonov

-70 kg: Begijon Qo'ldoshev

-74 kg: Ixtiyor Navro'zov

-79 kg: Jasurbek Usmonohunov

-86 kg: Bobur Islomov

-92 kg: Ajiniyaz Saparniyazov

-97 kg: Muhammadrasul Rahimov

-125 kg: Sardorbek Xolmatov

Murabbiylar - Olimjon Hikmatov, Abdurauf Bozorboev



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: