SportUz.Net

Rangnik Pogbaning ro'za tutayotgani haqida gapirdi

19.04.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

“Manchester Yunayted” ustozi Ralf Rangnik bugungi “Liverpul”ga qarshi o'yin oldidan ro'za tutayotgan Pol Pogba haqida fikr bildirdi.

“U professional futbolchi sifatida bunga ko'nikkan. U bilan bu haqda gaplashmadim, bu uning o'yiniga tasir qilmaydi. Bilishimcha, u ro'za tutadi, ammo aytganimdek, bu haqda u bilan shaxsan gaplashmaganman.

Boshqa klublarda ham ro'za tutadigan o'yinchilar ko'p. “Liverpul”da kamida bir futbolchi ro'za tutishini bilaman, u shogirdim bo'lgandi. Bu Ibrohim Konate”, deydi nemis mutaxassisi.

Eslatib o'tamiz, APL 30-turi doirasida qoldirilgan “Enfild”dagi bahs 20 aprelga o'tar kechasi 00:00 da start oladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: