"Birinchi jangda bokschilar teng miqdorda, ikkinchi jangda esa birinchi uchrashuv g'olibi umumiy hisobning 60 foizini oladi",-deb xabar beradi ESPN.
Avvalroq birinchi jang uchun Fyuri va Joshuaning har biri 100 million funt (taxminan 116 million evro) olishlari haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi birinchi bahs birlashtiruvchi jangga aylanadi, ikkinchi jangda mag'lub bo'lgan kishi revansh olish huquqiga ega bo'ladi.
Professional boksda Fyuri hisobida 30 g'alaba (21 nokaut) va bitta durang bor. Joshuada esa 23 g'alaba (21 nokaut) va bitta mag'lubiyat mavjud.