Kataloniya klubi "Liverpul" forvardi Muhammad Salah bilan muzokaralarni davom ettirishni rad etdi.
SHunday ekan, "Barselona" Levandovskini iqtisodiy yaxshiroq va ishonchliroq variant sifatida ko'rmoqda. Ular Polsha terma jamoasi o'yinchisiga 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilishdi. "Ko'k-anorranglilar"da uni yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati ham bo'ladi.
Tomonlarning yaqin haftalarda kelishuvga erishishi nomalum, bitim ko'proq "Bavariya" tomonidan so'raladigan mablag'ga bog'liq bo'ladi.