SportUz.Net
photo photo

Laporta "Barselona"ning Mbappega qiziqayotganiga munosabat bildirdi

26.03.2022 09:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning Kilian Mbappega qiziqayotgani haqidagi malumotlarga o'z munosabatini bildirdi.

"Katta klublar yulduz futbolchilarga qiziqayotgani haqida malumot berish va uni chop etish imkoniyati barchada bor, futbol dunyosi shunday.  Ammo, men buni muhokama qilishni istamagan bo'lardim. CHunki, bu bilan klub manfaatlariga zarar etkazib qo'yishim mumkin. 

Agar klubimiz xarid qilmoqchi bo'layotgan futbolchini muhokama qilsak, shunchaki uning narxini oshirib yuborishimiz mumkin. SHuning uchun, klubga zarar keltirmaslik maqsadida, bu haqida xech narsa demagan bo'lardim. 

Menejerlarimiz tarkibni kuchaytirish bo'yicha ish olib borishmoqda. Biz ularning amalga oshirayotgan ishlaridan mamnunmiz. SHuni aytishni istardimki, biz uchun klub eng muhimi. O'zini klubdan yuqori qo'yadigan futbolchilarni izlashni istamaymiz", - dedi Laporta.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: