“U tarixdagi eng zo'ri va “Barsa” eshiklari uning uchun doimo ochiq. Jamoa murabbiyi ekanman, u istalgan kuni mashg'ulotlarimizga kelishi yoki men bilan maslahatlashishi mumkin. Uning biz uchun qilgan ishlari bebahodir. U tarixdagi eng yaxshi futbolchi, ammo uning PSJ bilan kelishuv bor. Messi ikki yillik shartnoma imzolagan”, deydi Xavi.
Messi joriy mavsum parijliklar libosida 26 o'yinda qatnashib, 7+11 natija ko'rsatib turibdi. Avvalroq, 34 yoshli forvard shamollagani tufayli bugungi “Monako”ga qarshi bahsni o'tkazib yuborish haqida xabar bergandik.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman