"talkSPORT" xabariga ko'ra, yozda Sesar Aspilikueta, Andreas Kristensen va Antonio Ryudiger jamoadan ketadi. "Aristokratlar" esa ayni damda "Vulverxempton" himoyachisi Maks Kilmanni jamoaga taklif qilish niyatida. Uning transfer qiymati 9 million evroga baholanmoqda.
24 yoshli fullbekning jamoasi bilan kelishuvi 2026 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Ushbu mavsumda u 28 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi