"Calciomercato" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchining xizmatlariga "Milan", "Napoli" va "Roma" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Rossoneri" hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida. "Roma" va "Napoli" esa hujumdagi raqobatni oshirishni istamoqda.
Ikardi 2019 yili PSJga ijara asosida o'tgandi. Bir mavsumdan keyin klub uni 50 million evro evaziga sotib oldi. Ushbu mavsumda Ikardi chempionatning 20 o'yinida qatnashib, 4 gol urdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2024 yil yakuniga etadi.