35 yoshli to'purar futbolchida MLS va Braziliya chempionatidan variantlar bor. Ammo, hozirda madridliklar Suaresni yana bir mavsumga saqlab qolish borasida o'ylashmoqda.
Luis "Atletiko"ga 2020 yilda "Barselona"dan o'tgandi. U joriy mavsum La Liga doirasidagi 24 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.