SportUz.Net

"Liverpul" Jotani yo'qotdi

17.02.2022 20:25    


Rasmni yuklab olish

Mersisaydliklar vingeri Diogu Jota jarohat sabab safdan chiqdi.

"Qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchining to'pig'ida muammo borligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik CHempionlar Ligasining 1/8 finali doirasidagi "Inter" bilan o'yin (2:0) tanaffusida almashtirilgan edi.

Jota joriy mavsumda "Liverpul" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: