SportUz.Net

Italiyalik futbolchi 12 yillik diskvalifikaciyadan so'ng maydonga qaytdi

15.02.2022 10:50    


Rasmni yuklab olish

Fanchesko Flaki kokain istemol qilgani uchun uzoq muddatga diskvalifikaciya qilingandi.

46 yoshli futbolchi 12 yillik tanaffusdan keyin yana maydonga qaytdi va Italiya 5-divizioni jamoasi “Sinya 1914” safida “Prato 2000”ga qarshi (2:2) bahsda harakat qildi.

Forvard faoliyati davomida “Fiorentina”, “Bari”, “Vareze”, “Sampdoriya”, “Empoli” hamda “Breshiya” kabi klublar safida o'ynab, 135 ta gol urgan. SHuningdek, u Italiya yoshlar jamoasi safida ham maydonga tushgandi.

Flaki oldinroq ham boshqa intizomiy muammolarga duch kelgan. U totalizatorda qatnashgani tufayli jarimaga tortilgan. 2007 yil yanvarida organizmida kokain moddalari aniqlangani tufayli 16 oyga maydondan chetlatilgan. 

Keyinchalik bu muddat yana 2 yilga uzaytirildi. Maydonga qaytganidan 12 oy o'tgach esa Flaki yana kokain istemol qilgani uchun Italiya futbol federaciyasi tomonidan 12 yilga diskvalifikaciya qilingan edi. O'shanda u 34 yoshda bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: