SportUz.Net

"Real" "Tottenxem" futbolchisiga ko'z tikkan

14.02.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

"Real" "Tottenxem" himoyachisi Serxio Regilonning shartnomasidagi bandni ishga tushirmoqchi, deb xabar beradi The Mirror.

Ispaniya terma jamoasi azosi "Real"dan London klubiga 2020 yil sentyabr oyida ko'chib o'tgandi. Kelishuvga ko'ra, madridliklar futbolchini 27,5 million funt evaziga ortga qaytarishlari mumkin.

Manbaaning xabar berishicha, "Real" bu imkoniyatdan 2022 yil yozda foydalanish niyatida. Marselo jamoani tark etishi kutilmoqda va Karlo Anchelotti himoyaning chap qanotiga yangi futbolchi zarur deb hisoblamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: