SportUz.Net
photo photo

MYU va PSJ o'tgan yoz Ronalduni sotib olish xohlamagan

11.03.2021 21:00    


Rasmni yuklab olish

“Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh o'tgan yoz mijozining boshqa klubga o'tishi borasida ish olib borgan.

"La Republica" jurnalisti Emanuele Gambaning so'zlariga ko'ra, Mendesh PSJ va “Manchester Yunayted” vakillari bilan uchrashgan, ammo ikkala klub ham Ronalduni sotib olishni istamagan.

Gambaning takidlashicha, endi portugaliyalikning Evropa klublaridan biriga transfer bo'lish ehtimoli yanada pasaydi, chunki Ronaldu qarimoqda. U Amerika yoki Osiyoga ketmoqchi emas va Evropada o'ynashni istamoqda.

SHuningdek, 36 yoshli forvard sobiq jamoasi “Sporting”ga qaytish ehtimoli ham mavjud. Bu esa forvard kam ish haqi olishga rozi bo'lsa yoki uni umuman rad etsa yuz berishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: