
Avval xabar berganimizdek, markaziy himoyachi Avazbek O'lmasaliev "Paxtakor"ga o'tmoqda. Uning "Bunyodkor" bilan shartnomasi yakuniga etgan. Futbolchi "Paxtakor"dan tushgan taklifni qabul qilib ayni paytda "sherlar" mashg'ulotida qatnashmoqda. Tez orada rasmiy xabar elon qilinishi mumkin.
