SportUz.Net
photo photo

Husayn Norchaev O'zbekiston MTJ bilan Dubayga uchmadi

10.01.2022 18:25    


Rasmni yuklab olish

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun tongda xorijiy yig'inni o'tkazish uchun BAAga jo'nab ketdi.

Biroz oldin terma jamoamiz Dubay shahriga etib bordi. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Nasaf" klubi hujumchisi Husayn Norchaev safarga bormadi. Bunga uning anginasidagi muammolar sabab bo'ldi.

Oldinroq Srechko Katanec mazkur yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini elon qilgandi:

Darvozabonlar: Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor"), Umidjon Ergashev ("Nasaf").

Himoyachilar: Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Nasaf"), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf"), Islom Qobilov ("Lokomotiv"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), Jaloliddin Jumaboev ("Lokomotiv").

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Abubakr Rizo Turdaliev ("Nasaf"), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Javohir Sidiqov ("Lokomotiv"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor").

Hujumchilar: SHerzod Temirov ("Paxtakor"), Azizbek Amonov ("Lokomotiv").  

21 yanvar kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi omikron shtammi tufayli bekor qilindi. Terma jamoamiz 27 yanvar kuni Bahrayn va 1 fevral kuni Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: