SportUz.Net
photo photo

Xavi: “Tarixiy g'alaba”

03.01.2022 10:50    


Rasmni yuklab olish

La Liga 19-turidan o'rin olgan “Malorka”ga qarshi o'yindagi g'alabadan keyin “Barselona” ustozi Xavi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kataloniyaliklar asosiy jamoasidagi 17 futbolchinijg asosiy qismi koronavirus va jarohat tufayli o'yinda qatnashmadi.

“Bu “Barselona” uchun oltinga teng uch ochko. O'yinni qoldirish kerakligini aytgandim, chunki bizda qanday muammolar borligini ko'rdim, ammo jamoamdan juda faxrlanaman.

Ter SHtegen bizni qutqardi, u o'ziga nisbatan juda talabchan. Butun jamoa uchun, Mark-Andre va ayniqsa, Lyuk de Yong uchun juda ham xursandman. U professional tarzda mehnat qiladi, mashq o'tkazadi, effektiv harakat qiladi.

Mazkur 3 ochko bizni yuqori o'rinlarga kurashish uchun qaytishimizga yordam beradi. Holatimizdan kelib chiqib, uch ochkoni qo'lga kiritganimiz hayratlanarlidir.

G'alaba bizni oliy maqsadimiz – CHempionlar Ligasiga yaqinlashtiradi. Tarkibimizda 17 yo'qotish bor edi, bu tarixiy g'alaba hisoblanadi.

Jamoaviy uyg'unlikni ko'rganimdan juda baxtiyorman, g'alabaning qiymati oltinga teng. “Barselona” ishonishda va ishlashda davom etishi kerak, chunki biz to'g'ri yo'ldamiz”, deydi Xavi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: