SportUz.Net
photo photo

Ramosning "Real" bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari to'xtab qoldi

08.02.2021 13:23    


Rasmni yuklab olish

Yozda erkin agentga aylanadigan "Real" sardori Serxio Ramos jiddiy jarohat oldi.

Futbolchi so'nggi bor 14 yanvarda Ispaniya Superkubogi doirasidagi "Atletik" (1:2)ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi. Ramos tizzasidagi jarohat sabab yana ikki oy maydonga tushmaydi. Bu esa uning faoliyatidagi eng uzun jarohat bo'ladi.

Bu vaziyat markaziy himoyachining "Real" bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni qiyinlashtirib yubordi. Muzokaralar uning maydonga qaytishiga qadar to'xtagan.

Ramos joriy mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: