"Meksika yoki AQSHga ko'chib o'tib, u erda futbol o'ynashni istardim. Bu menga qiziq ko'rinmoqda. Ammo ko'ramiz, nima bo'larkin.
Murabbiy bo'lish-bo'lmasligimni bilmayman. Men doimo rivojlanishni istayman.
- Qaysi darvozabonlarni eng yaxshi deb atashimiz mumkin?
- Oblak, Kurtua, Donnarumma, Noyer, ter Stegen va Navas. Men ularning barchasini bitta darajaga qo'yaman. Ammo, Janluiji yil davomida qolganlardan o'tib ketishim mumkin. Buning uchun unda salohiyat etarli", - dedi Buffon.