SportUz.Net
photo photo

PSJ Mbappega klubdagi eng katta maoshni taklif qildi

15.12.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

PSJ klubi o'z hujumchisi Kilian Mbappeni jamoada olib qolmoqchi.

RMC Sport nashrining malum qilishicha, PSJ 22 yoshli futbolchiga jamoadagi eng katta maoshni taklif qildi. 

Mbappe yaqin fursat ichida qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Hozirda futbolchi bor etiborini PSJga qaratgan. Kilian bu mavsum klub bilan ECHL g'olibligini qo'lga kiritish niyatida. 

Franciyalik futbolchiga PSJ bergan shartnomaning moliyaviy taraflari unchalik ham muhim emas. Futbolchi yozda o'z istaklariga qarab bir qarorga keladi. Agar futbolchi Franciyadagi faoliyati o'z yakuniga etganini sezsa, u holda "Real Madrid" bilan shartnoma imzolaydi. 

Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe ushbu mavsumda 23 o'yinda 13 gol va 12 ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: