SportUz.Net

Zlatan Messi va Ronaldudan birini tanladi, ammo eng zo'ri sifatida boshqa futbolchini aytdi

07.12.2021 12:50    


Rasmni yuklab olish

“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich PSJ azosi Lionel Messi MYU hujumchisi Krishtianu Ronaldudan birini tanladi.

“Ular juda ham kuchli, qiyin tanlov. Agar kimnidir tanlashim kerak bo'lsa, unda Messini aytardim, chunki u bilan birga o'ynaganman. U qilayotgan barcha ishlar mashqlar orqali emas, balki tabiiy ravishda yuzaga keladi.

Eng zo'r futbolchi sifatida Ronaldo (fenomen)ni aytgan bo'lardim. Diego Maradonaning o'yinini ko'rmaganman, faqat televizorda kuzatganman. Ammo Ronaldoning harakatlarini jonli tomosha qilganman va unga o'xshashga harakat qilardim”, deydi shved.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: