SportUz.Net
photo photo

Pep Evropa va Angliyaning eng kuchli jamoalarini aytdi

02.03.2021 13:23    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining ketma-ket 20 o'yinlik g'alabali seriyasi haqida gapirdi.

"Erishganlarimizdan mamnunman, buni tan olmaslikning iloji yo'q. Bu natijaga oldin hech kim erishmagan bo'lsa, demak, bu qiyin vazifa bo'lgan.

Ammo asosiysi - sovrinni boshi uzra baland ko'tarish. Ammo hozir divanda yotib olib, barchasi ajoyib deyishdan mano yo'q. Eng yaxshi jamoa bo'lish uchun ko'p ishlash kerak.

Evropaning eng kuchli jamoasi - "Bavariya". Ular barcha sovrinni yutishdi, demak, eng zo'rlari ular. Angliyada esa eng yaxshi jamoa - "Liverpul". Ular chempion bo'lishdi, demak, eng zo'rlari.

Agarda toj kiyishni istasang, g'alaba qozonishing kerak. Fevral yoki mart oyida hech kim chempion bo'lmaydi. Yig'gan 36 ochkoni yo'qotib yuborish hech gap emas. Raqiblar juda kuchli", - dedi Gvardiola.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: