SportUz.Net
photo photo

OFK kubogi-2021. O'zbekiston klubi ishtirok etadigan guruh o'yinlari Tojikistonda bo'lib o'tadi

01.03.2021 17:23    


Rasmni yuklab olish

Osiyo futbol Konfederaciyasi 2021 yilgi OFK-2021 kubogi guruh bosqich qaysi shaharlarda o'tishini elon qildi.

Unga ko'ra O'zbekiston klubi ishtirok etuvchi "F" guruhi bahslari Tojikistonda bo'lib o'tadi. Ushbu guruhdan yoki AGMK, yoki "Nasaf" klubi ishtirok etadi. Bu guruhda "Xo'jand" (Tojikiston), "Alay" (Qirg'iziston) va "Oltin Asr" (Turkmaniston) klublari ham bor. Guruh bosqichi o'yinlari 14-20 may kunlari bo'lib o'tadi.

Markaziy Osiyo klublari ishtirok etuvchi "E" guruhi o'yinlari esa Qirg'iziston poytaxti Bishkekda o'tadi. Bu guruhda Qirg'izistonning "Dordoy", Tojikistonning "Ravshan" va Turkmanistonning "Axal" klublari qatnashadi.

Ushbu guruhda g'olib chiqqan klublar 11 va 25 avgust kunlari Markaziy Osiyo mintaqasi finalida o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, agar AGMK OCHL pley-off bosqichidan o'ta olsa OFK kubogida "Nasaf" ishtirok etadi. Agar AGMK OCHL pley-off bosqichida mag'lub bo'lsa Olmaliq klubi OFK kubogida qatnashadi.

OFK kubogi-2021
Markaziy Osiyo
"E" guruhi

Joy – Bishkek, Qirg'iziston
"Ravshan" (Tojikiston)
"Dordoy" (Qirg'iziston)
"Axal" (Turkmaniston)


"F" guruhi
Joy – Dushanbe, Tojikiston

AGMK yoki "Nasaf" (O'zbekiston)
"Oltin Asir" (Turkmaniston)
"Xo'jand" (Tojikiston)
"Alay" (Qirg'iziston)

1-tur
14 may (juma)

AGMK yoki "Nasaf" (O'zbekiston) – "Alay" (Qirg'iziston)
"Oltin Asir" (Turkmaniston) – "Xo'jand" (Tojikiston)

2-tur
17 may (dushanba)

"Alay" (Qirg'iziston) – "Oltin Asir" (Turkmaniston)
"Xo'jand" (Tojikiston) – AGMK yoki "Nasaf" (O'zbekiston)

3-tur
20 may (payshanba)

AGMK yoki "Nasaf" (O'zbekiston) – "Oltin Asir" (Turkmaniston)
"Xo'jand" (Tojikiston) – "Alay" (Qirg'iziston)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: