Kilian Mbappe "Real Madrid" klubiga o'tishga qaror qildi.
Agar kutilmagan holat yuz bermasa, futbolchining qarori o'zgarmaydi. Bu haqda jurnalist Janluki Di Marcio xabar qildi. Futbolchi allaqachon Madrid klubi bilan shartnomani kelishib oldi. Ammo, Mbappe fevral oyidan avvalroq bu shartnomaga imzo cheka olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga etadi. SHu tariqa, futbolchi "Real" klubiga erkin agent sifatida kelib qo'shiladi.
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"